Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi hamda Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish Markazi viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida joriy yilning 22-noyabr kunida boshqarmaning Shartnomaviy–huquqiy munosabatlar va da’vo ishlarini yuritish bo‘yicha bosh yuriskonsulti S.Nazirova tomonidan,
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 08-avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-sonli qonuni,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarorining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirish bo‘yicha o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv seminarda boshqarma Shartnomaviy–huquqiy munosabatlar va da’vo ishlarini yuritish bo‘yicha bosh yuriskonsulti tomonidan yuqoridagi normativ –huquqiy hujjatilarining xar bir moddasi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.