Yangiliklar

06 Oktyabr 2025

O'quv seminari o'tkazildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Andijon viloyati hududiy  boshqarmasi hamda Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish Markazi viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida joriy yilning 3-oktyabr kunida boshqarmaning Shartnomaviy–huquqiy munosabatlar va daʻvo ishlarini yuritish boʻyicha bosh yuriskonsulti S.Nazirova tomonidan,

Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 19-avgustdagi “Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish instituti joriy etilishi munosabati bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-1082-son Qonuni;

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi  “Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-140-son Farmoni;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi “Huquqiy axborotni proaktiv shaklda yetkazish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-160-son Farmonlarining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirish boʻyicha oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi; 

Oʻquv seminarda boshqarma Shartnomaviy–huquqiy munosabatlar va daʻvo ishlarini yuritish boʻyicha bosh yuriskonsulti tomonidan mazkur normativ  xar bir moddasi boʻyicha  tushuntirishlar berildi.  

46 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech