Davlat aktivlarini boshqarish agentligi "Texnik taʼminlash va butlash boshqarmasi" MChJning (keyingi oʻrilarda - Korxona) ustav kapitalidagi boshlangʻich narxi 76 mlrd.soʻm boʻlgan 100 foiz davlat ulushi "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali 80 mlrd.soʻmga sotilganligini maʼlum qiladi.
2023-yil 16-yanvar kuni boʻlib oʻtgan onlayn-auksion savdosida "OFELOS SOLUTION" MChJ gʻolib deb topildi.
Korxona ustav kapitalidagi davlat ulushi ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangan hamda 2020-yil 30-iyun kuni dastlabki auksion savdosiga chiqarilgan va oʻtgan davrda raqobat muhitini taʼminlash uchun 73 marotaba savdosi davom ettirilgan.