Yangiliklar

01 Sentyabr 2024

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Davaktiv jamoasi nomidan, Siz azizlarni, eng ulugʻ va eng aziz bayramimiz “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida oʻtayotgan – Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bu qutlugʻ ayyom xalqimizning hur va ozod yashashi, baxtli hayoti, farovon turmushiga asos boʻluvchi eng muhim sana sifatida tarix zarvaraqlariga bitilgan.

Ushbu shukuhli kunda Sizga va barcha yaqinlaringizga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt, hamjihatlik va farovonlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz.

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

3 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech