Yangiliklar

03 Mart 2025

Murojaat bo'yicha

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Ulug'nor tumani hokimining o'rinbosari hamda "Vodiy Sifat Tomat" MChJ rahbari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida Tabirkor tomonidan tumanning "Sariq suv" mahallasi hududida joylashgan yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasidan 11 ta lotdagi 0,60 gektar yer uchastkasini auksion savdolarida jami 797,3 mln. so'mga sotib olganligi, to'lovlarini oyma-oy emas, yil yakuni bilan to'lash yuzasidan grafik belgilanishida amaliy yordam zarurligini bildirgan.

Amaldagi qonun tartibiga asosan, sotib olish to'lovlarini bo'lib-bo'lib to'lash tartibi belgilanganligi va tadbirkor tomonidan har oy teng ulushlarda to'lanishi qat'iy ko'rsatilganligini tushuntirildi.

19 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech