Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Fevral 2023

9-fevral sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

6 191 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 49,8 mlrd so‘mlik 3 957 ta lot 56,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat mulki:

  • soni 9 ta
  • boshlang‘ich narxi 40,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 42,3 mlrd so‘m
  • Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, Hamid Olimjon maydoni, 13a-uy manzilda joylashgan boshlang’ich narxi 18,5 mlrd so‘m bo‘lgan ikki qavatli binoning yerto’la qismi 19,4 mlrd so‘mga sotildi.
  • Samarqand shahridan boshlang’ich narxi 16,1 mlrd so‘m bo‘lgan bo‘sh turgan mehmonxona binosi 16,9 mlrd so‘mga sotildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 48 ta
  • boshlang‘ich narxi 510 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,8 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2,2 ga
  • Qashqadaryo viloyati, Nishon tumanidan narxi 13,1 mln so‘mlik ko'p funksiyali jamoat majmualari qurish uchun 16 sotix yer uchastkasi 670,2 mln so‘mga sotildi.
  • Samarqand viloyati, Bulung’ur tumanidan narxi 15 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 24 sotix yer uchastkasi 119,2 mln so‘mga sotildi.
  • Toshkent viloyati, Pskent tumanidan narxi 14,5 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 2 sotix yer uchastkasi 167 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 31 ta
  • boshlang‘ich narxi 11,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 14,9 mln so‘m
  • Chirchiq shahridan boshlang'ich narxi 0,4 mln so'mlik ko'chma savdo joyi 1,3 mln so'mga sotildi.

Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:

  • soni 1 ta
  • boshlang‘ich narxi 15,2 mln so‘m
  • sotilgan narxi 2,5 mlrd so‘m

O‘tkazilgan savdolarda 8 109 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, boshlang‘ich narxi 8,9 trln so‘m bo‘lgan 195 432 ta lot savdoga qo‘yilgan.

2111 Chop etish