Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Fevral 2023

6-fevral sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

     13 355 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 101,2 mlrd so‘mlik 5 194 ta lot 116,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

      Davlat mulki:

  • soni 22 ta
  • boshlang‘ich narxi 85,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 90,2 mlrd so‘m
  • Toshkent sh., Mirzo Ulug’bek tumani, Mustaqillik ko’chasi, 6-uyda joylashgan boshlang’ich narxi 32,1 mlrd so‘m bo’lgan Sog’lomlashtirish markazi bino va inshootlari 33,7 mlrd so‘mga sotildi.
  • Toshkent sh., Mirzo Ulug’bek tumani, Hamid Olimjon maydoni (sharqiy taraf) 13-uyda joylashgan boshlang’ich narxi 24,5 mlrd so‘m bo’lgan Savdo, xizmat ko’rsatish va ofis majmuasining bir qismi 25,8 mlrd so‘mga sotildi.

    Davlat mulki ijarasi:

  • soni 65 ta
  • boshlang‘ich narxi 515,1 mln so‘m
  • sotilgan narxi 5,2 mlrd so‘m
  • "Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK tasarrufidagi yillik ijara stavkasi 172 mln so'mlik Buxoro-2 bekatida joylashgan bo’sh maydon 311 mln so'mga ijaraga berildi.

   Yer uchastkalari:

  • soni 84 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,2 mlrd so‘m
  • yer maydoni 12,9 ga
  • Sho’rchi tumanidan narxi 64,8 mln so‘mlik qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash obyektlari qurish uchun 2,3 gektar yer uchastkasi 505,2 mln so‘mga sotildi.
  • Boyovut tumanidan narxi 3,1 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 3 sotix yer uchastkasi 301,2 mln so‘mga sotildi.

   Ko'chma savdo joylari:

  • soni 46 ta
  • boshlang‘ich narxi 8,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 54,7 mln so‘m
  • Andijon shahridan boshlang'ich narxi 1,1 mln so'mlik ko'chma savdo joyi 35,3 mln so'mga sotildi.

    Tashqi reklama obyektlarini o'rnatish joylari:

  • soni 12 ta
  • boshlang‘ich narxi 8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 129,7 mln so‘m
  • Zarafshon shahridagi boshlang’ich narxi 1,6 mln so'm bo’lgan LED ekran o'rnatish joyi 122 mln so'mga sotildi.

      O‘tkazilgan savdolarda 9 958 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
      Hozirda, boshlang‘ich narxi 8,8 trln so‘m bo‘lgan 191 237 ta lot savdoga qo‘yilgan.

2147 Chop etish