Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

31 Yanvar 2023

30-yanvar sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

20 531 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 18,5 mlrd so‘mlik 1 675 ta mulk 31,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat mulki:

  • Soni 7 ta
  • Boshlang‘ich narxi 4,5 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 5,1 mlrd so‘m
  • "Andijon charm" MCHJning boshlang‘ich narxi 4 mlrd so‘mlik 100 foiz davlat ulushi 4,3 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat mulki ijarasi:

  • Soni 79 ta
  • Boshlang‘ich narxi 616,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 3,7 mlrd so‘m
  • Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidan yillik ijara stavkasi 100,3 mln so‘mlik tuman tibbiyot birlashmasining bo'sh turgan avtomobil to'xtash joyi 782,5 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 226 ta
  • Boshlang‘ich narxi 2,2 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 7,1 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 44,3 ga
  • Andijon shahridan narxi 19,3 mln so‘mlik beshikchilik uchun 3 sotix yer uchastkasi 169,8 mln so‘mga sotildi.
  • Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanidan narxi 1,03 mln so‘mlik bo‘lgan oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 1 sotix yer uchastkasi 94,1 mln so‘mga sotildi.
  • Qashqadaryo viloyati, Yakkabog’ tumanidan narxi 8,1 mln so‘mlik ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 4,4 sotix yer uchastkasi 85,2 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 46 ta
  • Boshlang‘ich narxi 13,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 288,5 mln so‘m
  • Samarqand shahridan boshlang'ich narxi 0,1 mln so'mlik ko'chma savdo joyi 28 mln so'mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 4 123 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, boshlang‘ich narxi 9,1 trln so‘m bo‘lgan 161 695 ta lot savdoga qo‘yilgan.

2105 Chop etish