Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 Yanvar 2024

29-yanvar sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

355 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 74,7 mlrd so'm bo'lgan 738 ta lot 166,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 38 ta
  • boshlang'ich narxi 5,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 15,2 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidan joylashgan boshlang'ich narxi 1 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi marmar, shag‘al toshlari xom ashyosini maydalash va ishlab chiqarish zavodi binolari 1,1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 53 ta
  • boshlang'ich narxi 14,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 16,9 mlrd so‘m
  • yer maydoni 62,6 ga
Farg'ona viloyati Farg'ona shahridan boshlang'ich narxi 255,7 mln so‘m bo‘lgan to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 10 sotix yеr uchastkasi 818,1 mln so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 57 ta
  • boshlang'ich narxi 9,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 13 mlrd so‘m
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidan boshlang'ich narxi 600 mln so‘m bo'lgan ko'p qavatli uydagi xonadon 1,2 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 23 ta
  • boshlang'ich narxi 15,5 mln so‘m
  • sotilgan narxi 524,3 mln so‘m
Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumanidan boshlang'ich narxi 0,1 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 21,3 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 455 ta
  • yer 1 340 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 31,5 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 78,9 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 2 393 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,8 trln so'm bo'lgan 107 829 ta lot savdoga qo'yilgan.
3034 Chop etish