254 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 164,6 mlrd so'm bo'lgan 269 ta lot 173,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 1 ta
- boshlang'ich narxi 603 mln so‘m
- sotilgan narxi 663,3 mln so‘m
- Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 603 mln so‘m bo‘lgan "O'zagroservis" AJ balansidagi bino-inshootlar 663,3 mln so‘mga sotildi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 51 ta
- boshlang'ich narxi 586,7 mln so‘m
- sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
- Toshkent shahri Bektemir tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 5,8 mln so‘m bo‘lgan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi balansidagi bino qismi 102,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 151 ta
- boshlang'ich narxi 2,8 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 3 mlrd so‘m
- yer maydoni 7 ga
- Toshkent shahri Yashnobod tumanidan boshlang‘ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 6 sotix yеr uchastkasi 1,3 mlrd so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 28 ta
- boshlang'ich narx 159 mlrd so'm
- sotilgan narx 167,1 mlrd so'm
- yer maydoni 7 730,2 ga
O'tkazilgan savdolarda 580 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 16,7 trln so'm bo'lgan 146 011 ta lot savdoga qo'yilgan