Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Noyabr 2024

11-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

297 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 55,2 mlrd so'm bo'lgan 822 ta lot 78,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat aktivlari:

  • soni 10 ta 
  • boshlang'ich narxi 5,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 6,4 mlrd so‘m 
  • Andijon viloyati Baliqchi tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi sobiq harbiy shaharcha bino-inshootlari 1,9 mlrd so‘mga sotildi. 

Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari: 

  • soni 14 ta 
  • boshlang'ich narxi 5,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 6,3 mlrd so‘m 
  • Sirdaryo viloyati Guliston tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 504 mln so‘m bo‘lgan "Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ balansidagi umumiy ovqatlanish binosi 554,4 mln so‘mga sotildi. 

Davlat mulkini ijaraga berish: 

  • soni 25 ta 
  • boshlang'ich narxi 750,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,7 mlrd so‘m 
  • Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 159,8 mln so‘m bo‘lgan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavsizligi departamenti yo‘l xarakati xavsizligi xizmati balansidagi avtodrom hududi 495,5 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari:

  • soni 280 ta 
  • boshlang'ich narxi 16,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 33,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 26,3 ga 
  • Navoiy viloyati Navoiy shahridan boshlang‘ich narxi 1,6 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 1,1 gektar yеr uchastkasi 11,6 mlrd so‘mga sotildi. 

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi: 

  • soni 249 ta 
  • boshlang'ich narx 3,9 mlrd so'm
  • sotilgan narx 4,4 mlrd so'm
  • yer maydoni 352,7 ga 

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:

  • soni 101 ta 
  • boshlang'ich narxi 16,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 19,2 mlrd so‘m 
  • Toshkent shahar Yashnobod tumanidan boshlang'ich narxi 162 mln so‘m bo'lgan ko‘p qavatli turar-joy binosidagi xonadon 624,3 mln so‘mga sotildi. 

O'tkazilgan savdolarda 2 379 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 15,9 trln so'm bo'lgan 144 960 ta lot savdoga qo'yilgan.

729 Chop etish