Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Fevral 2023

10-fevral sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

3 738 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 8,4 mlrd so‘mlik 1 876 ta lot 21,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat mulki:

  • soni 1 ta
  • boshlang‘ich narxi 289 mln so‘m
  • sotilgan narxi 317,9 mln so‘m
  • Buxoro viloyati "Agrokimyohimoya" filialiga qarashli narxi 365,9 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotish shoxobchasi 402,4 mln so‘mga sotildi.

Davlat mulki ijarasi:

  • soni 107 ta
  • boshlang‘ich narxi 178,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,2 mlrd so‘m
  • Urganch shahridan yillik ijara stavkasi 4 mln so‘mlik Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining bo'sh turgan xonasi 195,6 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 92 ta
  • boshlang‘ich narxi 5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 11,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 6,3 ga
  • Toshkent shahridan narxi 275,6 mln so‘mlik yoshlar sanoat zonasidagi 3 sotix yer uchastkasi 385,8 mln so‘mga sotildi.
  • Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanidan narxi 6,4 mln so‘mlik 5 qavatgacha bo’lgan ko'p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 6 sotix yer uchastkasi 347,9 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 34 ta
  • boshlang‘ich narxi 16,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 32,4 mln so‘m
  • Andijon shahridan boshlang'ich narxi 0,6 mln so'mlik ko'chma savdo joyi 7,7 mln so'mga sotildi.

Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:

  • soni 1 ta
  • boshlang‘ich narxi 123,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 135,9 mln so‘m

O‘tkazilgan savdolarda 4 298 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, boshlang‘ich narxi 10 trln so‘m bo‘lgan 198 314 ta lot savdoga qo‘yilgan.

2102 Chop etish