Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 Noyabr 2024

1-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

510 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 61 mlrd so'm bo'lgan 331 ta lot 71,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari: 

  • soni 7 ta 
  • boshlang'ich narxi 40,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 42,3 mlrd so‘m 
  • Toshkent viloyati O'rtachirchiq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 30,4 mlrd so‘m bo‘lgan "Toshkent agrokimyohimoya hududiy aksiyadorlik jamiyati" AJ balansidagi markaziy baza 31,9 mlrd so‘mga sotildi. 

Davlat mulkini ijaraga berish:

  • soni 4 ta 
  • boshlang'ich narxi 27,2 mln so‘m 
  • sotilgan narxi 60,3 mln so‘m 
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara narxi 3,9 mln so‘m bo‘lgan umumta'lim maktabi balansidagi bo‘sh turgan oshxona 34,7 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari:

  • soni 183 ta 
  • boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 14 ga
  • Namangan viloyati Norin tumanidan boshlang‘ich narxi 89,3 mln so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 98,3 mln so‘mga sotildi. 

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi: 

  • soni 12 ta 
  • boshlang'ich narx 1,1 mlrd so'm
  • sotilgan narx 2,9 mlrd so'm
  • yer maydoni 103,1 ga 

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida: 

  • soni 77 ta
  • boshlang'ich narxi 17,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 23,6 mlrd so‘m 
  • Toshkent shahar Olmazor tumanidan boshlang'ich narxi 3 mlrd so‘m bo'lgan hovli uy 8,7 mlrd so‘mga sotildi. 

O'tkazilgan savdolarda 1 082 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 
Hozirda, narxi 17 trln so'm bo'lgan 146 941 ta lot savdoga qo'yilgan.

1760 Chop etish