Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

22 Iyul 2020

“ISSIQLIKELEKTRLOYIHA” AJ ustav kapitalidagi 22,28 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayonlari “Toshkent” Respublika fond birjasiga joylashtirildi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “ISSIQLIKELEKTRLOYIHA” AJ (keyingi oʻrinlarda – "Emitent" / "Aktiv") ustav kapitalidagi 22,28 foiz davlat aksiyalar paketini xususiylashtirish belgilangan.

Shunga koʻra, xususiylashtirish jarayonlari "Toshkent" Respublika fond birjasining MQQMP Nego savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda – Savdo platformasi) orqali birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Aktiv toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:

"ISSIQLIKELEKTRLOYIHA" AJ – Maxsus montaj qurilish ishlari, noturar bino va inshootlarni qurish ishlarini tashkil qiluvchi korxona hisoblanadi.

  • Korxonaning yuridik manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 22-uy.
  • Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarning emitent ustav fondidagi foizi – 22,28 foiz;
  • Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni – 178 545 (oddiy) aksiya;
  • Bir dona aksiyaning nominal narxi – 1000,0 (ming) soʻm;
  • Bir dona aksiyaning savdoga qoʻyishdagi boshlangʻich narxi – 79 713 (yetmish to‘qqiz ming yetti yuz o‘n uch) soʻm;
  • Aktivning boshlangʻich qiymati – 14 232 357 585,0 (oʻn toʻrt milliard ikki yuz oʻttiz ikki million uch yuz ellik yetti ming besh yuz sakson besh) soʻm;
  • Emitentning ustav fondi miqdori – 801 285 000,0 (sakkiz yuz bir million ikki yuz sakson besh ming) soʻm;
  • Savdo tashkilotchisi –"Toshkent RFB" AJ;
  • Lotlar soni – 1 (bir) ta;

Emitent haqidagi barcha maʼlumotlar, jumladan moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan korporativ axborot yagona portali www.openinfo.uz sahifasi orqali tanishish mumkin.

Bitimni amalga oshirish jarayoni:

Savdolar "Toshkent" RFBning maxsus platformasi, MQQMP Nego savdo platformasida 23.08.2024 yildan boshlanadi. (havolaga o'tish)

Birja bitimi eng yuqori taklifni taqdim etgan talabgor bilan birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbu savdo jarayonlariga barcha talabgorlarni ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga +998(71)207-05-19 va +998(55) 515-20-00 aloqa raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Diskleymer

Talabgorlar davlat aksiyalarining sotuvchisi yoki sotuvchining investitsiya vositachisi hamda emitentdan davlat aksiyalarini sotib olish uchun oʻzi qaror qabul qilishi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha axborotni soʻrash va olishga haqlidir, oʻzining xususiyatiga koʻra xizmat yoki tijorat siri hisoblangan axborot bundan mustasno.

3367 Chop etish