Yangiliklar

21 Mart 2025

Navro`z bayramingiz muborak bo‘lsin!

Aziz yurtdoshlar va qadrli hamkasblar!

Davaktiv agentligi jamoasi Sizlarni kirib kelgan bahor ayyomi – ezgulik va nafosat, yasharish va yangilanish, mehr va oqibat ramzi boʻlmish “Navroʻz” umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” bosh g‘oyasi ostida mamlakatimizda keng nishonlanayotgan ushbu qadimiy ayyom Sizlarga sihat-salomatlik, yangi yutuq va zafarlar, oilaviy baxt va farovonlik olib kelsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

31 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech