Aziz andijonliklar va qadrli mehmonlar!
Andijon shahridagi “Jahon bozori” hududida joylashgan oyoq kiyimlar savdo bo‘limi joriy yilning 22-mart sanasidan rasman o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Endi esa yanada qulay, zamonaviy va xaridorlar uchun barcha sharoitlarga ega yangi manzilda sizlarni kutib qolamiz.
26-martdan boshlab savdo faoliyati Andijon “Charm poyabzal” markazida davom etadi.
Yangi markazda zamonaviy va keng savdo maydoni, sifatli oyoq kiyimlar va charm mahsulotlarining boy assortimenti, qulay joylashuv va xizmat ko‘rsatish, har bir xaridor uchun yuqori darajadagi servis xizmati sizlarni kutmoqda. Endilikda oyoq kiyimlar va yarim tayyor charm mahsulotlarini yanada qulay va shinam muhitda xarid qilishingiz mumkin!
Murojaat uchun: +998934104599, +998934447496.
Sizlarni yangi manzilda kutamiz!

