Yangiliklar

10 Fevral 2026

Oltinkoʻl tuman charm-poyabzal kichik sanoat zonasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-maydagi «Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora- tadbirlari toʻgʻrisida»gi 531-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi yagona taʼsischiligida «Oltinkoʻl tuman charm-poyabzal kichik sanoat zonasi boshqarish direksiyasi» MCHJ tomonidan Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumani, “Sadda” MFY hududida 10 gektardan oshiq maydonni «Oltinkoʻl tuman charm-poyabzal kichik sanoat zonasi» auksion savdolaridan sotib oldi va ushbu joyda savdo-markazi hamda ishlab chiqarish bino-inshotlari qurilish ishlari jadalik bilan olib borilmoqda hozirda (“A” va “B” bloklari) qurilish ishlari toʻliq nihoyasiga yetkazilgan boʻlib ushbu savdo-markazi binosi (“A” va “B” bloklari) kadastr hujjati rasmiylashtirilgan holda 100 dan ortiq savdo doʻkonlari «E-auksion shop» elektron savdo platformasi orqali sotilmoqda.

Jamshidbek ISROILOV,
“Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ
Andijon viloyati hududiy vakili    

6 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech