Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Iyun 2025

Bir qator qurilish sohasidagi korxonalarning ustav kapitalidagi aksiya paketlarini xususiylashtirishga tayyorlash va xususiylashtirish mexanizmini ishlab chiqish boʻyicha konsultant jalb qilinadi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlari agentligi bir qator qurilish sohasidagi korxonalarning, jumladan “Yoʻlqurilish” AJ (100%)“Oʻzsuvqurilish” AJ (100%)“Transgazmaxsusqurilish” AJ (71,39%)“Maxsusenergogaz” AJ (41,0%) ustav kapitalidagi aksiya paketlarini (keyingi oʻrinlarda – Aktivlar) ommaviy savdolar orqali xususiylashtirishga tayyorlash va xususiylashtirish mexanizmini ishlab chiqish (keyingi o‘rinlarda – Loyiha) uchun professional konsalting kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda – Konsultant) jalb etish yuzasidan tanlov eʼlon qiladi.

Konsultant Aktivlarning tarmoq hamda individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda sohadagi institutsional investorlarni Aktivlarni sotib olishga boʻlgan qiziqishlarini oʻrganish asosida xususiylashtirish oldi chora-tadbirlar,  xususiylashtirish usuli, ketma-ketligi va shartlarini ishlab chiqishlari lozim.

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan Taklif taqdim etish uchun soʻrovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini 2025-yil 25-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00ga qadar tender@davaktiv.uz elektron pochta manziliga taqdim etishlarini soʻraymiz.

 

Jalb qilinadigan konsultant tomonidan ishlab chiqiladigan xususiylashtirish mexanizmi orqali jamiyatlarni savdo jarayoni amalga oshirilganda, mazkur konsultantga ushbu jarayonga hamrohlik qilish uchun moliyaviy konsultant jalb qilish jarayonida imtiyozli huquq beriladi.

Agar, birgalikda qoʻshma tijorat taklifi (konsorsium) taqdim etilsa, jalb qilingan sherik – konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy konsultant koʻrsatilishi lozim.

Konsultantlarning vakillari bilan mazkur bitim boʻyicha ishlar yaqin hamkorlikda, zarur hollarda esa, Aktivlarda qoʻshimcha loyiha guruhini tuzish orqali amalga oshirilishi mumkinligi maʼlum qilinadi.

 Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun quyidagi aloqa kanallariga murojaat qiling:

Astonaqulov Muzaffar Muxsin oʻgʻli – Davlat aktivlari agentligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari: Tel: +99871-259-21-51; e-mail: tender@davaktiv.uz.

 Diskleymer

Mazkur soʻrovnoma tijorat taklifini taqdim etish majburiyati hisoblanmaydi va Davlat aktivlari agentligiga taklifni qabul qilish yoki shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi. Shunga koʻra, takliflar uchun ushbu soʻrovnomani eʼlon qilish va/yoki u bilan bogʻliq arizalarni olish, bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan muzokaralar va muhokamalar orqali shartnoma tuzishni nazarda tutmaydi.

Ushbu hujjatda keltirilgan materiallar va maʼlumotlar loyihaning faqat eng muhim tomonlarining dastlabki xulosasi va Konsultantdan xususiylashtirish boʻyicha kutilishi mumkin boʻlgan ishlar hajmi toʻgʻrisida umumiy maʼlumot sifatida xizmat qilishiga moʻljallangan.

Tanlov ishtirokchilari tanlov jarayoni bilan bogʻliq holda Davlat aktivlari agentligi uchun dastlabki taqdimotlar va takliflarni tayyorlashning yagona cheklangan maqsadidan tashqari, hech narsaga tayanolmaydilar va ishonmasliklari shart.

 

Aktivlarni xususiylashtirishga tayyorlash va xususiylashtirish mexanizmini ishlab chiqish boʻyicha professional konsultantni jalb qilish yuzasidan taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (RfP)

 

Kirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-145-son qaroriga muvofiq, “Yoʻlqurilish” AJ (100%), “Oʻzsuvqurilish” AJ (100%), “Transgazmaxsusqurilish” AJ (71,39%), “Maxsusenergogaz” AJ (41,0%) ustav kapitalidagi aksiya paketlari xususiylashtirilishi (keyingi oʻrinlarda – Bitim) belgilangan:

 

Ushbu Taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (keyingi oʻrinlarda – Soʻrovnoma) Konsultantga qoʻyiladigan talablarni va uning baholanishi kerak boʻlgan taklifining tuzilishini, shuningdek, ushbu Soʻrovnomaning ilovasida Bitimni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha zarur ish hajmini tavsiflaydi. Konsultantlar konsorsiumga kirishlari yoki xizmatlarning toʻliq spektrini taqdim etish boʻyicha qoʻshma takliflar kiritishlari mumkin.

 

Konsultantlardan kutilayotgan takliflar tuzilmasi va ularga qoʻyiladigan talablar

 

Konsultantning (individual arizachi yoki Konsorsium) taklifi oʻzbek/rus/ingliz tilida tayyorlanishi va quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:

a) Aktivlarning tarmoq hamda individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda sohadagi institutsional investorlarni Aktivlarni sotib olishga boʻlgan qiziqishlarini oʻrganish asosida xususiylashtirish oldi amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, xususiylashtirish usuli, ketma-ketligi va shartlarini ishlab chiqishlari (10 ballgacha);

b) Tijorat taklifi (50 ballgacha):

Xizmat haqqining qatʼiy qismi yagona raqam shaklida (QQS va boshqa xarajatlar bilan birga) boʻlishi va konsultantning subyektiv taxminlaridan holi boʻlishi lozim;

Agar xizmat haqqi narxlar oraligʻida berilgan boʻlsa, unda taklifni baholash uchun uning yuqori chegarasi qabul qilinadi. Qoʻshimcha joriy xarajatlar (xizmat safari, tarjima va boshqalar uchun) belgilangan qatʼiy qismiga kiritilishi kerak.

v) Shu toifadagi Aktivlar doirasida tuzilgan bitimlar yuzasidan konsultantlarning ish tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, oxirgi besh yillik davrda xorijiy shu jumladan MDH mintaqasidagi mandatlar toʻgʻrisida maʼlumot (20 ballgacha);

g) Loyihani amalga oshirishdan kelib chiqib, xususiylashtirishga tayyorlash va xususiylashtirish mexanizmini ishlab chiqish yuzasidan ishlarni tashkil etish boʻyicha taklif. Jalb qilingan jamoa haqida maʼlumot, shaxslarning (jismoniy va yuridik) ismlari va ular haqidagi maʼlumotlar: ish tajribasi, faoliyat muddati, bitimlar tuzish boʻyicha umumiy tajriba va ularni amalga oshirish boʻyicha malakasi (20 ballgacha);

d) Qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun Konsultant Aktivlarning sohalariga munosib ravishda xalqaro tajribaga ega boʻlishi hamda yetarli salohiyat va vakolatga egaligi, shuningdek, inson, vaqt va moddiy resurslarning mavjudligi toʻgʻrisida yozma ariza;

e) Manfaatlar toʻqnashuvi mavjud emasligi haqida maʼlumot. Konsultant ushbu loyihaga jalb qilingan taqdirda ziddiyatlar olib kelishi mumkin boʻlgan hollarda potensial bitim boʻyicha salohiyatga ega ekanligini koʻrsatish.

 

Konsultantdan kutilayotgan ishlar hajmi

 

I. Investorlarning qiziqishini oʻrganish va boshqa tegishli xizmatlar bozorini tahlil qilish: 

  • Oʻzbekistonda va mintaqada sohani rivojlantirishdagi sharoitlarni va bozor tahlili, soha korxonalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar;
  • xususiylashtirishga tayyorlash va xususiylashtirish mexanizmini ishlab chiqish;
  • boshqa (jumladan, qoʻshni) davlatlarda mazkur sohada amalga oshirilgan xususiylashtirish tajribasi tahlili, ushbu turdagi Aktivlarning xususiylashtirishdagi muvaffaqiyatsizliklarining asosiy sabablari, kelgusida sohani rivojlantirish va muvaffaqiyatli xususiylashtirishni taʼminlovchi omillar;
  • amalga oshirilgan tahlillar asosida Loyihani muvaffaqiyatli tashkillashtirish uchun lozim boʻlgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

 

II. Aktivlarni sotishdan oldin tayyorlash boʻyicha maslahatlar: 

  • Aktivlarning investitsiya jozibadorligini oshirish, eng ilgʻor xorijiy amaliyotlar va oʻxshash (analog) Aktivlarning tahlili asosida tuzilma va boshqaruvni takomillashtirish boʻyicha takliflar;
  • Oʻzbekiston Respublikasida Aktivlarning faoliyatini litsenziya va ruxsat berish tusiga ega hujjatlarni berish shartlarini tahlili;
  • Aktivlarning kompleks (soliq, huquqiy, moliyaviy va qurilish yoʻnalishi boʻyicha) tahlilini oʻtkazish (due diligence) (har biri boʻyicha alohida);
  • jamoatchilik va tadbirkorlik subyektlari bilan aloqa oʻrnatish boʻyicha tavsiyalar taqdimoti, ularning savollariga javoblar;
  • investor nuqtayi nazaridan baholashga taʼsir etuvchi asosiy omillar, asosiy koʻrsatkichlar va taxminlarni aniqlash;
  • loyiha doirasida boshqa malakali konsultantlarni jalb etish (zarur boʻlgan hollarda) va ularning ishini muvofiqlashtirish;
  • Aktivlarni ustavlarini, moliyaviy va boshqa sotish bilan bogʻliq hujjatlarini oʻrganib chiqib, sotish boʻyicha takliflar tayyorlash.

 

(1) Agar ariza konsorsium tomonidan taqdim etilgan taqdirda, konsorsium boʻyicha kelishuvni taqdim etish, shuningdek, muvofiqlashtiruvchi asosiy maslahatchi (odatda konsorsium rahbari deb ataladi) koʻrsatish lozim. Ushbu holatda xizmatlarning umumiy qiymati koʻrsatilishi kerak.

(2) Agar konsultantlarning takliflari “a”, “v” va “g” bandlarida koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib 30 balldan kam baholansa, “b” bandida nazarda tutilgan baholash balli qoʻllanilmaydi.

13 Chop etish