Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m
(1-oktabrdan oyiga 1 155 000 so‘m bo‘ladi);
Bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m (1 oktyabrdan oyiga 375 000 so‘m bo‘ladi);
Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;
Yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so‘m;
Nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so‘m;
Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so‘m;
Belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so‘mdan) 920 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so‘m;
Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 745 000 so‘m.