Avval xabar berilganidek, "Asakabank" AJ, "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB va AT "Aloqabank"ga tegishli “Toshkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi koʻp qavatli biznes markazlarining (keyingi oʻrinlarda – “Biznes markazlar”) xalqaro ommaviy savdolar orqali sotilishi toʻgʻrisida eʼlon qilingan edi.
Mazkur Biznes markazlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida boshqarish hamda foydalanish malakasiga ega sohadagi xalqaro yirik institutsional va moliyaviy investorlarni jalb qilish, mulkiy majmualarning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xalqaro sotish jarayonini amalga oshirish, shuningdek jahon yetakchi biznes nashrlari va xalqaro ofis tarmoqlari orqali keng qamrovli marketing kampaniyasini tashkillashtirish uchun “KPMG” kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – KPMG/Konsultant) jalb qilingan.
Savdo jarayonining dastlabki bozordagi qiziqishni oʻrganish (Market sounding) bosqichi doirasida KPMG tomonidan Biznes markazlar toʻgʻrisida tayyorlangan investitsion tizerlar sohadagi 170 dan ortiq yirik xalqaro investorlarga yuborilib, individual muloqotga kirishish orqali ularning Biznes markazlarni sotib olishga qiziqishlarini, shuningdek sotib olish shakli yaʼni binoni toʻliq sotib olish yoki lotlarga boʻlgan holda sotib olish boʻyicha fikrlari oʻrganildi.
“Market sounding” doirasida sohadagi salohiyatli investorlarning Biznes markazlarni sotib olishga bildirgan qiziqishlarini, sotishga yondashuv mexanizmi boʻyicha bildirgan fikrlarini, sohadagi xalqaro investorni jalb qilish imkoniyatlarini inobatga olib, Biznes markazlarni 3 ta alohida lotlarga boʻlgan holda uchta alohida yaxlit mulkiy majmualar sifatida sotiladi.
Biznes markazlar toʻgʻrisida maʼlumot:
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBni koʻp qavatli binosi
- Umumiy maydoni: 82,284 kv.m.;
- Qavatlarning umumiy soni: 33
“Asakabank” AJni koʻp qavatli binosi
- Umumiy maydoni: 66,202 kv.m;
- Qavatlarning umumiy soni: 26
AT “Aloqabank”ni koʻp qavatli binosi
- Umumiy maydoni: 81,439 kv.m.;
- Qavatlarning umumiy soni: 26
Sotish jarayoni toʻgʻrisida:
Savdo jarayonlari barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq boʻlgan muzokaralarga ommaviy taklif etish usuli orqali amalga oshiriladi.
Savdo jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi, jumladan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest), hamda Majburiyatga ega boʻlgan taklif (BO) taqdim etish bosqichlari.
Shu bilan birga, Biznes markazlarni baholash uchun “Katta toʻrtlik” (Big 4) turkumiga kiruvchi "Deloitte" xalqaro kompaniya jalb etiladi.
Sotish jarayonining joriy bosqichini amalga oshirish toʻgʻrisida:
Qiziqish bildirish bosqichida ishtirokchilardan quyidagi maʼlumotlar bilan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizalarini (Expression of interest) taqdim etishlari soʻraladi:
- Ishtirokchi toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot (shu jumladan, STIR, faoliyat turi) va sotib olingan taqdirda Biznes markazlardan foydalanish rejalari.
- Ishtirokchi ustav kapitalida 5 foizdan ortiq ulushi mavjud aksiyadorlar/taʼsischilar (egalik ulushi koʻrsatilgan holda) va yakuniy benefitsiarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
- Oxirgi 3 yilgi faoliyati boʻyicha moliyaviy hisoboti
Talabgorlar qiziqish bildirishi toʻgʻrisidagi arizalarini xohishlariga koʻra oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida tayyorlab 2024-yil 9-sentabr soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar quyidagi aloqa kanallariga yuborishlari lozim:
Talabgorlar bir yoki birnechta binolarni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirishlari mumkin.
Ushbu eʼlondan soʻng, Konsultant salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida, KPMG xalqaro aloqalari orqali investitsiya tizerlarini tarqatish orqali marketing kampaniyasi davom ettiradi.
Qabul qilingan arizalar quyidagi mezonlar boʻyicha saralanadi:
- Biznes markazlarni sotib olish uchun yetarli moliyaviy resurslari;
- sotuv jarayonida ishtirok etilishini taqiqlashi mumkin boʻlgan maʼmuriy, hakamlik, arbitraj yoki boshqa sud jarayonlarining yoʻqligi;
- Oʻzbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga rioya etilishi;
- Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning aksiyadorlari/ishtirokchilarining hech biri davlat kompaniyasi yoki ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan kompaniya boʻlmasligi kerak;
- Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmagan boʻlishi lozim. Shu bilan birga, ariza topshirilgan sanada talabgorlar sanksiyalangan shaxs/(lar) yoki yuqorida aytib oʻtilgan sanksiya organlari tomonidan har qanday ish yoki tergov obyekti/(lar) boʻlmasligi kerak. Shuningdek, talabgorlar (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri yuqorida aytib oʻtilgan muassasalar va davlatlarning sanksiyalar rejimiga zid boʻlgan har qanday faoliyatga (toʻgʻridan-toʻgʻri yoki biron bir shoʻba korxonasi orqali) jalb etilmagan boʻlishlari lozim va Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri), shuningdek uning tegishli shaxslaridan birortasining asosiy moliyalashtiruvchi tomonlari yoki kreditorlari sanksiyadagi shaxslar yoki sanksiyadagi shaxslarga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan egalik va nazorat qilinadigan banklar yoki moliya institutlari boʻlmasligi lozim.
Arizalarni qabul qilish tugallangandan soʻng, Konsultant tomonidan ishtirokchilarga tegishli xat (Process Letter) orqali keyingi jarayonni tashkil etish toʻgʻrisida individual ravishda xabardor qilinadi.
Ushbu loyiha doirasida qoʻshimcha maʼlumotlar uchun quyidagi aloqa kanallariga murojaat qiling:
- Saltanat Sandikbayeva, KPMG sherigi: SSandykbayeva@kpmg.com, тел:. +99890-099-21-20;
- Shoxrux Oxunov, Davaktiv agentligining Departament boshligʻi: sh.ohunov@davaktiv.uz, tel.: +99871-259-20-23.
Sotish jarayonining kelgusi bosqichlari toʻgʻrisida:
Keyingi Majburiyatga ega boʻlgan (BO) takliflarni qabul qilish bosqichiga oʻtgan potensial investorlar bilan Axborotni oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi bitim (NDA) imzolanadi va majburiyatga ega boʻlgan tijorat takliflarini tayyorlash uchun Biznes markazlar faoliyati toʻgʻrisidagi KPMG tomonidan tayyorlangan kompleks tahliliy maʼlumotlar (Due-diligence) saqlanadigan virtual maʼlumotlar xonasiga (VDR) kirish taʼminlanadi.Shuningdek, Biznes markazlariga tashrif buyurgan holda uning boshqaruv organiga savollar berish imkoniyati yaratiladi.
Davaktiv agentligi sotuv jarayonlarining har bir bosqichi toʻgʻrisida jamoatchilikni qoʻshimcha tarzda xabardor qilib borilishini taʼminlaydi.