Yangiliklar

24 Aprel 2026

Jalaquduq tumani A.Raxmonov mahallasi yoshlari bilan uchrashuv o'tkazildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 24-fevral kuni oʼtkazilgan Yoshlar bilan uchrashuvida Oʼzbekistonda har xaftaning payshanba kuni, vazirlik, idora va hokimliklarda "Yoshlar kuni" boʼlishi belgilandi. Shu kuni sohaga masʼul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitish va muammosini hal qilish belgilab berilgan.

     Topshirigʼ boʼyicha joriy yilning 23-aprel kuni navbatdagi Davlat aktivlari agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi boshligʼiga biriktirilgan Jalaquduq tumani А.Raxmonov mahallasidagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazildi. Ishga joylashish istagidagi yoshlar maʼlumotlari oʼrganilib tegishli masʼul tashkilotlar bilan ishga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

12 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech