1. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 9-yanvardagi "Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 910-son qarori ijrosini tashkil etish to‘g‘risida"gi 26-son buyrug‘ining ijrosi yuzasidan, Davaktiv agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasida 2025-yil 1-aprel holatiga bo‘sh ish o‘rinlari (vakant) mavjud emasligi ma’lum qilinadi.
2. Davaktiv agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tasarrufida 2 ta xizmat avtomashinalari mavjud bo‘lib, davlat raqami 60 383 AAA "Jentra" rusumli hamda davlat raqami 60 140 DAV "Ravon" rusumli avtotransport vositalaridir, boshqarmaning ixtiyorida xizmat uylari va qurilishi tugallanmagan obyektlar mavjud emasligi ma'lum qilinadi.
3. Davaktiv agentligi faoliyatida ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar Ro‘yxatining 19-bandi ijrosi yuzasidan, Davaktiv agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasiga tarkibiga kiruvchi davlat muassasalari mavjud emasligi ma’lum qilinadi.
4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 9-yanvardagi “Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 910-son qarori ijrosini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 26-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan ilovada keltirilgan Davaktiv agentligi faoliyatida ochiq eʼlon qilinishi lozim boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar Roʻyxatining 16-bandi boʻyicha Davaktiv agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasining 2025-yil uchun Ish rejasi ishlab chiqilganligi va ushbu reja asosida belgilangan topshiriqlar ijrosi doimiy nazoratga olinganligi maʼlum qilinadi.