Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 May 2023

2-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

734 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 2,2 mlrd so'm bo'lgan 1 894 ta lot 3,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 61 ta
  • Boshlang‘ich narxi 761 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m
  • Samarqand viloyati, Urgut tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 1,6 mln so‘m bo‘lgan Urgut tuman Tibbiyot birlashmasi balansidagi bo'sh turgan xona 35,3 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • Soni 27 ta
  • Boshlang'ich narxi 186,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 282,6 mln so‘m
  • Yer maydoni 0,6 ga
  • Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanidan boshlang'ich narxi 15,5 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3 sotix yer uchastkasi 40,3 mln so‘mga sotildi.
  • Qoraqalpog’iston Respublikasi, Amudaryo tumanidan boshlang'ich narxi 6,9 mln so‘m bo‘lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun 4 sotix yer uchastkasi 37,7 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 46 ta
  • Boshlang‘ich narxi 11,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 211,4 mln so‘m
  • Navoiy viloyati, Navoiy shahridan boshlang'ich narxi 0,5 mln so‘m bo‘lgan ko‘chma savdo joyi 27,2 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 1 747 ta
  • Yer maydoni 785,2 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 30,8 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 33,8 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 3 465 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,5 trln so'm bo'lgan 133 953 ta lot savdoga qo'yilgan.
1357 Chop etish