Skuter uchun «prava», hokimlarga qo‘shimcha vakolat, avtomatik tayinlanadigan pensiya va nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarish — O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tamiz.
1. Skuter va mopedlar uchun haydovchilik guvohnomasi
• 2025 yil 1 martdan boshlab skuter va mopedlarni boshqarish uchun tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.
• Shuningdek, dvigatel hajmi 25-50 sm³ yoki elektr quvvati 0,25-4 kW bo‘lgan transport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
2. "Yashil to‘lov" platformalari ishga tushiriladi
• Jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari uchun "Yashil olam" va "Yashil to‘lov" platformalari joriy etiladi.
• Mablag‘lar daraxt ekish va ekologik loyihalarga yo‘naltiriladi.
3. Mahalliy hokimliklarning vakolatlari kengaytiriladi
• Sotilmagan davlat mulklarini tadbirkorlarga ijaraga berish va xususiylashtirish imkoniyati yaratiladi.
• Xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi mutaxassislarga imtiyozlar beriladi.
4. Mobil malaka oshirish xizmatlari
• Uzoq va chekka hududlarda joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun mobil malaka oshirish dasturlari ishga tushiriladi.
5. Harbiy xizmatchilarga ijtimoiy yordam
• Harbiylar uchun uy-joy ijarasi bo‘yicha kompensasiyalar oshiriladi.
• 10 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.
6. Pensiyani avtomatik tayinlash
• 2025 yil 1 martdan boshlab pensiya yoshiga yetgan fuqarolar uchun pensiya avtomatik ravishda tayinlanadi, murojaat qilish shart bo‘lmaydi.
7. Nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati
• Tajriba-sinov tariqasida 3-18 yoshdagi nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.
8. Ekologik stikerlar berish tizimi
• Transport vositalari ekologik holatiga qarab "yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga ajratiladi.
• "Qizil" toifaga kiruvchi mashinalarga ayrim ekologik zonalarda harakatlanish cheklanishi yoki qo‘shimcha to‘lov joriy etilishi mumkin.